Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Sunnatulloh Hamidjonov: «Bahraynga g‘alaba uchun keldik»

Sunnatulloh Hamidjonov: «Bahraynga g‘alaba uchun keldik»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, «Andijon» klubini endi OCHL 2 doirasida Bahraynda «Al-Xaldiya»ga qarshi muhim uchrashuv kutmoqda.

«Burgutlar» kecha Manama shahriga yetib kelgan va bo‘lajak o‘yinga jiddiy tayyorlanmoqda. Barcha futbolchilar jangovar holatda va puxta tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Jamoaning iste’dodli futbolchilaridan biri Sunnatulloh Hamidjonov klub matbuot xizmatiga bo‘lajak bellashuv oldidan intervyu berdi.

— «Andijon» OCHL2 doirasida Bahraynda «Al-Xaldiya»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan nima deya olasiz?

— Raqib haqida ma’lumotlarga egamiz. Chunki o‘z uyimizda — “Bobur arena”da yaxshi, chiroyli o‘yinlar ko‘rsatganmiz. Xudo xohlasa, Bahraynga g‘alaba uchun keldik. OCHLda yaxshi harakat qilyapmiz. Nasib qilsa, bu yerdan uch ochko bilan qaytamiz.

— «Al-Xaldiya»ga qarshi Andijondagi bellashuvda hisob ochilmagandi. Ammo jamoamiz ancha hujumkor va tajovuzkor o‘yin ko‘rsatgan. Ushbu bellashuvdan xulosa qiladigan bo‘lsak, bu safar qanday o‘yin kutyapsiz?

— Xudo xohlasa, hujumkor o‘yin namoyish qilamiz. Yana murabbiylarimiz bizga qanaqa taktikada o‘ynashimizni aniqroq tushuntirishadi.  

— «Al-Xaldiya» klubi 29 oktyabr kuni uyida «Al-Ahli»ga qarshi muddatidan avvalgi 5-tur o‘yinini o‘tkazib oldi. Guruhdagi hozirgi vaziyatga qanday baho berasiz?

— Guruhdagi vaziyat yaxshi. Hammada imkoniyat bor. Guruh bosqichidan chiqsak bo‘ladi, 1-o‘rinni egallashimizga ham hali imkon mavjud.

— 3 ta uchrashuvda gol urmadik va gol o‘tkazmadik. Bunga qanday izoh bergan bo‘lardingiz?

— Albatta, gol urishimiz kerak. Gol o‘tkazmayotganimiz ham katta yutuq. Nasib bo‘lsa, gol o‘tkazmaslikni davom ettiramiz. Xudo xohlasa, 4-turdan gol urishni boshlaymiz.

— Siz uchun birinchi navbatda nima muhim: gol urishmi yoki gol o‘tkazmaslikmi?

— Birinchi navbatda darvozamiz daxlsizligini saqlay olsak, hujumda albatta imkoniyatlar bo‘ladi va undan foydalanishga harakat qilamiz. Omadga ham bog‘liq.

— «Al-Xaldiya»ga qarshi Andijondagi bahsda o‘ynadik va endi ularni bilamiz. Bo‘lajak raqibni kuchli va kuchsiz taraflari nimada deb o‘ylaysiz?

— Hamma futbolchilari tezkor, texnikalari bor. Har bir o‘yinchiga puxta yonadashamiz. Har doim muxlislarimiz birinchi o‘rinda turishadi. Ular qayerda o‘ynashimizdan qat’iy nazar bizni qo‘llab turishadi. Ularga rahmat va xursand qilish uchun bor kuchimizni sarflaymiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 11:40, 04.11.2025.
O'qildi: 1093 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик