Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Makallister Kurtuaga qoyil qoldi

Makallister Kurtuaga qoyil qoldi

Baho:
+ | -1

"Liverpul" Chempionlar ligasida "Real"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona gol muallifi Aleksis Mak Allister bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O‘yindan keyin argentinalik futbolchi o‘z fikrlarini bildirdi.

"Menimcha, chindan ham kuchli jamoaga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ldi. Biz g‘alaba qozondik, lekin bu hali hech narsani anglatmasligini bilamiz. O‘tgan mavsumda umumiy bosqichda birinchi o‘rinni egalladik, keyin esa erta turnirdan chiqib ketdik.

Kurtua - ajoyib darvozabon. Buni hamma biladi. Bugun u bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi, shuning uchun ha - u juda yaxshi. Ammo o‘ylaymanki, biz bugun yaxshiroq edik va haqli ravishda g‘alaba qozondik," - dedi Makallister Amazon Prime’da.

"Liverpul" Chempionlar ligasining 4 turida 9 ochko jamg‘ardi.

Kiritildi: 08:35, 05.11.2025.
O'qildi: 1391 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик