Londonning "Tottenxem" klubi hozirda jamoa safida ijarada harakat qilayotgan "Bavariya" tayanch yarim himoyachisi Joau Palinyani to‘liq sotib olmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, "shporlar" 30 yoshli portugaliyalik bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olgan.
Transfer London klubiga 30 million yevro atrofiga tushadi.













