Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Terri "Manchester Siti" taklifidan keyin Abramovich bilan gaplashganini aytdi

Terri "Manchester Siti" taklifidan keyin Abramovich bilan gaplashganini aytdi

Baho:
+2 | -

Jon Terri 1995 yilda "Chelsi" yoshlar jamoasiga kelib qo‘shilgan va keyin 2017 yilgacha klubda o‘ynagan. Qaysidir pallada Terri "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin edi. "Pensionerlar"ning sobiq kapitani o‘sha voqeani esladi.

"Men "Manchester Siti" 2009-2010 yillarda, "Chelsi" bosh murabbiyi Anchelotti bo‘lganida 29 million funt taklif qilganini bilaman. "Chelsi" bu haqda gap ochishi bilanoq shunday dedim: "Ketishni istamayman. Agar meni sotmoqchi bo‘lsangiz, buni muhokama qilishimiz kerak, chunki agar siz meni xohlamasangiz, men bu yerda bo‘lishni xohlamayman.

Roman Abramovich esa: "Biz sening qolishingni istaymiz. "Men 100 foiz qolishni xohlayman, keling, yangi shartnoma imzolaymiz," deb javob berdim. Va men yangi shartnoma imzoladim, ya’ni faoliyatimning qolgan qismini "Chelsi"ga bag‘ishladim. Men 29 yoshimda 5 yillik shartnoma imzolaganman. Bu hayotimdagi eng yaxshi qaror edi", - deya Terrining so‘zlarini keltiradi Goal portali.

Kiritildi: 18:35, 22.11.2025.
O'qildi: 979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик