Kirish Ro'yxatdan o'tish

Elyor Rahmatullayev: “Bu o‘yindagi g‘alaba bizga juda zarur edi”

Elyor Rahmatullayev: “Bu o‘yindagi g‘alaba bizga juda zarur edi”

Baho:
+ | -

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida "Andijon" murabbiyi Elyor Rahmatullayev qatnashdi.

- Bizga bu o‘yindagi g‘alaba juda zarur edi. Buni uddaladik. Endi keyingi yilga qattiq tayyorgarlik ko‘ramiz. Bunday vaziyatga boshqa tushmaslikka harakat qilamiz.

- «Andijon»ni mavsum davomidagi ishtiroki haqida to‘xtalsangiz. Barqaror o‘tmadi, ikkita murabbiy almashdi. Sal qolsa pley-offga ham tushib ketishi mumkin edi.

- Mavsum bizga og‘ir keldi. Aleksandr Xomyakov va Maksim Shatskixni ham mehnatlari bor. Ular ham yomon natija qilishmadi. Bizni shu holatga kelishimizga asosan o‘zimiz sababchimiz.

- Chempionat tugadi. Oradagi uch haftalik tanaffusdan keyin jamoa OCHL guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Bu vaqt ichidagi rejalar qanday?

- Yigitlarga biroz dam beramiz. Shundan keyin o‘z qarorgohimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib boramiz.

- Bugungi g‘alabaning asosiy omili nimada deb o‘ylaysiz?

- Futbolchilarga yaxshilab tushuntirildi: oxirgi o‘yin va barcha birdamlikda harakat qildi. Shuningdek, bizga oxirgi kunlarda qiyin vaziyatdan chiqishimizga Samvel aka Babayan ham katta yordam berdi. Tez orada jamoamiz matbuot xizmati tomonidan rasman e’lon qilinadi. Bundan tashqari, shu paytgacha ishlagan boshqa murabbiylarga ham rahmat aytaman, ularni ham mehnatlari bor.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:18, 30.11.2025.
O'qildi: 1042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик