Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Kapello: "Konte jamoa ichida dushman qidirayotganga o‘xshaydi"

Kapello: "Konte jamoa ichida dushman qidirayotganga o‘xshaydi"

Baho:
+ | -

Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello "Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte haqida fikr bildirdi.

"Xalqaro tanaffus vaqtida Konte bir necha dam olish kunlarini olib, o‘z uyida, Turinda qoldi va Neapoldagi mashg‘ulotlarga o‘z xodimlarini mas’ul qilib qo‘ydi. Shuning uchun ham uni tanqid qilganman. Menimcha, u o‘zi murabbiylik qilishi kerak bo‘lgan futbolchilarga nisbatan hurmatsizlik qildi. Ular terma jamoalar tarkibida emasdi. Ularni o‘zlarini ikkinchi darajali o‘yinchilardek his qilishga majbur qilish xavfi bor edi. Antonio jamoa ichidan dushman qidirayotgandek ko‘rinadi, ammo har birimiz vaziyatga o‘zimizcha yondashamiz. Natijalar uning haqligini tasdiqlaydi, boshqa har qanday falsafiy dalillar katta ahamiyatga ega emas", - deya Kapelloning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

"Napoli" Italiya chempionatida 13 ta o‘yin o‘tkazib, ochkolari sonini 28 taga etkazib oldi va turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 17:35, 02.12.2025.
O'qildi: 783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик