Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

"Man Siti" yulduz markaziy himoyachi uchun poygada peshqadamlik qilmoqda

"Man Siti" yulduz markaziy himoyachi uchun poygada peshqadamlik qilmoqda

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ayni damda "Manchester Siti" kelasi yozda "burgutlar" bilan shartnomasi yakunlanadigan Gexi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Ta’kidlanishicha, "shaharliklar" Gexini Jon Stounzning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

"Liverpul" ham qolgan da’vogarlar kabi Gexi uchun kurashni davom ettirmoqda, ammo "Manchester Siti" bor kuchi bilan kelishuvni amalga oshirishga harakat qilmoqda. "Kristal Pelas" himoyachisini tekinga yo‘qotmoqchi emas, "shaharliklar" esa yanvar oyidayoq uning uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor.

Joriy mavsumda 25 yoshli Gexi barcha musobaqalarda 22ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:30, 05.12.2025.
O'qildi: 1408 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик