Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" kelajagi porloq egizaklar transferini e’lon qildi

"Arsenal" kelajagi porloq egizaklar transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Arsenal" Ekvadorning "Independyente del ValYE" klubidan egizak yarim himoyachilarni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. London klubi egizak aka-ukalar Edvin va Xolger Kintero bilan shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Edvin va Xolger Janubiy Amerikaning eng istiqbolli yosh iste’dodlari sifatida tan olingan. Ikkalasi ham klub va Ekvador U-17 terma jamoasida yoshlar darajasida o‘ynaydi.

"Independyente del ValYE"ning yosh yarim himoyachilari 2027 yilda 18 yoshga to‘lganida "kanonirlar" safiga qo‘shiladi.

Ayni paytda "Arsenal"da ekvadorlik futbolchi to‘p surmoqda - bu yozda transfer qilingan himoyachi Pyero Inkapyedir.

Kiritildi: 13:43, 05.12.2025.
O'qildi: 1439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик