"Atletiko Madrid" bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar Ligasi doirasida "PSV"ga qarshi o‘yindan (3:2) so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz o‘yin boshidanoq yuqori bosim o‘tkazdik, ammo "PSV" qarshi hujumda gol urdi. Biz rejamizga sodiq qoldik va darvozabonga qadar bosim o‘tkazishda davom etdik.
Menimcha, butun 90 daqiqa davomida ustunlik qila oladigan jamoa yo‘q. Bu Chempionlar Ligasi - ba’zan raqib tashabbusni qo‘lga oladi.
Biz bir daqiqa ham bosimni qo‘yib yubormadik", - dedi Simeone.













