"Manchester Siti" chap qanot himoyachisi Niko O'Rayli Chempionlar Ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi o‘yinning (2:1) eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
20 yoshli ingliz to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. U jamoasining dastlabki golini kiritdi va yana sariq kartochka ham ishlab oldi.














