"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte Chempionlar ligasi doirasidagi "Benfika"ga (0:2) qarshi safar o‘yinini sarhisob qildi.
"Jamoani boshqarish qiyin bo‘ldi, chunki bizda futbolchilar yetishmayapti - 7 nafar jarohat olgan futbolchi.
Yigitlar bor kuchlarini berishdi va har doim bunga tayyor bo‘lishadi. Biz yutqazdik, ammo "Benfika"da kattaroq narsa bor edi.
Biz bu vaziyat bilan yana biroz vaqt kurashishimiz kerak bo‘ladi, chidashga to‘g‘ri keladi, ammo biz bunga tayyormiz", - dedi Konte.













