"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turidan o‘rin olgan "Atletik" (0:0) uchrashuvidan keyin jamoa darvozaboni Unai Simonni maqtadi.
"Eslaysizmi, men uni Ispaniya terma jamoasida maydonga tushirganimda matbuot meni tanqid qilgandi. Esimda. Uchinchi darvozabon sifatida olganimizda tavakkal qildik, buni hech kim kutmagandi.
U hozirda dunyoning istalgan jamoasida yuqori saviyada o‘ynashga loyiq, shuning uchun men juda baxtliman", dedi Enrike.













