"Inter" himoyachisi Franchesko Acherbi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan "Liverpul"ga (0:1) qarshi o‘yinda mushaklaridan olgan jarohati tufayli 2025 yilning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi, deya xabar bermoqda Gazzetta dello Sport.
37 yoshli italiyalik futbolchini o‘yinning 31-daqiqasida almashtirishga to‘g‘ri keldi.
2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda Acherbi 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2023 yilning iyulidan beri "Inter"da o‘ynamoqda. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.













