"Fulxem" "Fiorentina" hujumchisi Moyze Kin xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mail Sport xabar bermoqda.
Ammo futbolchining bu mavsumdagi formasi o‘tgan yilga nisbatan ancha yomonlashgan. Agar u o‘tgan mavsumda 25 ta gol urgan bo‘lsa, joriy mavsumda uning hisobida hozircha faqat ikkita gol bor.
Qo‘shimcha qilamizki, "Barselona" Moyze Kin transferini ham o‘rganib chiqmoqda.













