Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» sobiq sardori Nacho jamoaning hozirgi vaziyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi

«Real» sobiq sardori Nacho jamoaning hozirgi vaziyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Nacho Fernandes jamoaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi 2024 yilning iyulida "qaymoqranglilar" safini tark etib, Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubiga o‘tgandi.

"Real"ga maslahatim? Sabr-toqat va xotirjamlikni saqlash kerak. O‘ylashimcha, ularning tarkibi ajoyib, murabbiy esa jamoaga juda mos. Agar xotirjamlikni saqlasangiz, hammasi yaxshi bo‘ladi," - deya Nachoning javobini keltiradi Madrid Xtra.

Madridliklar yakshanba kuni La Liga 17-turida safarda "Alaves"ni mag‘lub etdi (2:1). Ayni damda Xabi Alonso jamoasi "Barselona"dan 4 ochko ortda qolib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:33, 15.12.2025.
O'qildi: 1199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик