Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK 2-0 Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Andijon
20/10 19:00 Neftchi 2-4 Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah 1-2 Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche 2-2 Slaviya
20/10 23:59 PSJ 4-2 Barselona
20/10 23:59 Liverpul 4-3 Vilyarreal
20/10 23:59 Shtutgart 1-1 Atletiko
20/10 23:59 Manchester Siti 5-1 AEK
20/10 23:59 Napoli 4-3 Bude-Glimt
20/10 23:59 Portu 0-1 PSV
20/10 23:59 Roma 4-0 Slovan
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

FIFA tanqidlardan keyin Jahon chempionati uchun 60 dollarlik chiptalarni joriy qildi

FIFA tanqidlardan keyin Jahon chempionati uchun 60 dollarlik chiptalarni joriy qildi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol asosiasiyalari federasiyasi (FIFA) 2026-yilgi Jahon chempionati uchun cheklangan miqdordagi arzon chiptalarni sotuvga chiqarishini e’lon qildi. Bu qaror Yevropa futbol muxlislar uyushmasining narx siyosatiga bildirilgan tanqidlaridan so‘ng qabul qilindi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Eng arzon chiptalar Supporter Entry Tier deb nomlandi. Ular turnirdagi barcha 104 o‘yinga, shu jumladan finalga ham amal qiladi, ammo ushbu tipdagi chiptalar soni cheklangan. FIFA ma’lumotiga ko‘ra, bunday chiptalar milliy futbol assosiasiyalari uchun ajratilgan kvotaning atigi 10 foizini tashkil qiladi va uning narxi 60 dollarga teng.

Milliy assosiasiyalar o‘z muxlislariga ushbu chiptalarni o‘z dasturlari doirasida taqsimlaydi. Qo‘shimcha qilinishicha, arzon chiptalar “o‘z terma jamoasining o‘yinlariga tez-tez tashrif buyuradigan sodiq muxlislarga” yetkazilishi kerak. Shu bilan birga, federasiya chiptalarni taqsimlash bo‘yicha yagona qoidalarni belgilamagan.

Shuningdek, FIFA milliy assosiasiyalar uchun ajratilgan chiptalarning yarmidan ko‘prog‘i nisbatan arzonroq joylardan berilgan. Ya’ni ulardan 40 foizi o‘rtacha narxdagi, 10 foizi eng arzon narxdagi chiptalar bo‘ladi. Qolgan qismi esa yuqori narxdagi chiptalar hisoblanadi. Milliy assosiasiyalar orqali chipta olgan muxlislarning jamoasi pley-off bosqichiga chiqmasa, ular pullarini komissiyasiz qaytarib olishadi.

Ma’lumot uchun, avvalroq JCH-2026 finaliga eng arzon toifadagi chiptalar narxi 4 185 dollardan boshlanishini ma’lum qilingandi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilgi Jahon chempionati bilan solishtirganda deyarli yetti barobar baland (Qatardagi turnirning eng arzon chiptasi 600 dollar edi).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:55, 17.12.2025.
O'qildi: 772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик