Biroz avval "Barselona" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen xochsimon bog‘lam jarohati sabab safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi.
Klub 29 yoshli daniyalik futbolchi konservativ uslubda davolanishini e’lon qilgan.
Sport.es xabariga ko‘ra, Kristensen taxminan 4 oyga safdan chiqqan. U may oyiga kelibgina maydonga qaytishi mumkin.













