Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

OCHL-2. «Andijon» guruhning so‘nggi bahsida yutqazdi va turnirni yakunladi

OCHL-2. «Andijon» guruhning so‘nggi bahsida yutqazdi va turnirni yakunladi

Baho:
+ | -1

«Andijon» OCHL-2 musobaqasi guruh bosqichi 6-turi doirasida Qatarda «Al-Ahli» klubi mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv boshidanoq andijonliklar faol harakat qilishga intilishdi. Ammo ilk xavfli vaziyatni mezbonlar yuzaga keltirishdi: uchrashuvning 5-daqiqasida Eldor Adhamov ishonchli seyvi bilan jamoasini goldan asrab qoldi.

O‘yinning birinchi bo‘limida «Andijon» asosan standart vaziyatlar orqali hujumlar uyushtirdi. 11 va 12-daqiqalarda ketma-ket burchak zarbalari amalga oshirildi. Biroq 26-daqiqada raqib standart vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi — 1:0. Oradan ko‘p o‘tmay, andijonliklar yana bir goldan omon qoldi: to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va jamoalar tanaffusga «Al-Ahli»ning minimal ustunligi bilan yo‘l olishdi.

Mehmonlar ikkinchi bo‘limda ham faollikni oshirishga harakat qildi, burchak zarbalari orqali bosimni kuchaytirdi. Ammo 22-daqiqada «Al-Ahli» futbolchisi uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, jamoasining ikkinchi golini kiritdi — 2:0.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida andijonliklar bir necha bor hisobni qisqartirishga yaqin keldi. Usmonali Ismonaliyevning jarimadan bergan zarbasini raqib posboni qiyinchilik bilan qaytardi. Abdumannopovning zarbasi noaniq chiqdi, Usmonovning zarbasidan so‘ng to‘p to‘singa tekkan holda maydonni tark etdi.

Shu tariqa, uchrashuv oxirigacha hisob o‘zgarmadi. «Andijon» «Al Ahli»ga qarshi safarda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi hamda OCHL-2dagi yurishini yakunladi.

Turkmanistoning "Arkadag‘" klubi bugun o‘z maydonida Bahraynning "Al-Xolidiya" jamoasini mag‘lub etib (1:0), "V" guruhida 2-o‘rin orqali pley-offga chiqdi.

OCHL-2. "V" guruhi, 2-tur
"AL-AHLI" - "ANDIJON" - 2:0
Gollar: Vlap (26, 65)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:05, 24.12.2025.
O'qildi: 2198 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик