Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Kazemiro almashtirilishini bilib hayratda qoldi (foto+video)

Kazemiro almashtirilishini bilib hayratda qoldi (foto+video)

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro APLning 18-turidan o‘rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida almashtirilganidan juda hayron bo‘ldi. "Old Trafford"da kechgan uchrashuvning 60-daqiqasida bosh murabbiy Ruben Amorim kutilmaganda braziliyalik futbolchini o‘yindan oldi va uning o‘rniga himoyachi Leni Yoro maydonga tushdi. Kazemiro o‘z raqamini tabloda ko‘rganida ishonmagani aniq va murabbiyning qaroriga hissiyot bilan munosabatda bo‘ldi.

Kazemiro almashtirilgach, "Manchester Yunayted" himoyani kuchaytirdi va "Nyukasl" bosimiga dosh berib, kichik ustunlikni saqlab qoldi. Ushbu g‘alaba jamoaga APLning kuchli to‘rtligiga kirish uchun kurashga yaqinlashish imkonini berdi.

Ta’kidlash kerakki, bu Kazemironing joriy mavsum "Manchester Yunayted" safidagi 16-uchrashuvi bo‘ldi. Bu mavsumda u to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:48, 27.12.2025.
O'qildi: 3512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик