Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Natan Ake London klubi taklifini rad etdi

Natan Ake London klubi taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake qishda jamoasini o‘zgartirishga tayyor.

Niderlandiya terma jamoasining 30 yoshli himoyachisi APL jadvalida 18-o‘rinda borayotgan "Vest Xem"ga o‘tishdan bosh tortdi.

talkSPORT xabariga ko‘ra, Ake bu qishda "Siti"ni tark etishga qarshi emas, ammo ligada qolish uchun kurashayotgan jamoaga o‘tish niyati yo‘q. Futbolchiga "Nyukasl", "Bornmut", "Kristal Pelas", klublari ham qiziqish bildirmoqda.

"Shaharliklar" yana bir yarim yillik shartnomaga ega Natanni 21 million funtga baholamoqda.

Ispaniya matbuotida "Barselona" Akeni og‘ir jarohat olgan Andreas Kristensenning o‘rinbosari sifatida ko‘rishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi, ammo "Man Siti"ning so‘rovlari transferni deyarli imkonsiz qilib qo‘ymoqda.

Bu mavsumda Ake APLda atigi 8ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 21:16, 30.12.2025.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик