"Chelsi"ning barcha futbolchilari ham Enso Mareskaning jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilganidan mamnun emas.
Ko‘pchilik mutaxassisning iste’foga chiqishi haqidagi qarorni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo jamoaga, ayniqsa yangi murabbiy bilan bog‘liq noaniqlik fonida, beqarorlik tahdid soladi, deb hisoblaydiganlar ham bor.
The Athletic xabariga ko‘ra, hozircha jamoadagi muhit sog‘lom, ammo ba’zi futbolchilarni noaniqlik qo‘rqitmoqda.
Mareska 1 yanvar kuni "Chelsi" bosh murabbiyligidan ketdi va yangi yilda ishdan bo‘shatilgan APL tarixidagi ilk murabbiyga aylandi.
Uning o‘rniga "Strasburg" bosh murabbiyi Liam Rosenyor asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.













