Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

"Tottenxem"ning iste’dodli darvozaboni APLning boshqa klubiga o‘tishga yaqin turibdi

"Tottenxem"ning iste’dodli darvozaboni APLning boshqa klubiga o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Jurnalist Ben Jeykobsning Aleks Kruk ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, Londonning "Vest Xem" klubi "shporlar" bilan 22 yoshli darvozabon Antonin Kinskiyni joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etilishicha, "bolg‘achilar" kelishuvga futbolchini sotib olish imkoniyatini ham qo‘shmoqchi. Uning transfer narxi Transfermarkt portalida 13 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Antonin Kinskiy "Tottenxem" safida Angliya Liga kubogida ikkita o‘yinda maydonga tushdi. U "shporlar" safida jami 12 ta o‘yin o‘tkazgan. O‘tgan yilning yanvarida londonliklar uni Praganing "Slaviya" klubidan 16 million yevroga xarid qilgandi.

Kiritildi: 18:23, 27.01.2026.
O'qildi: 733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик