Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xau Bruno Gimaraesning holati haqida ma’lumot berdi

Xau Bruno Gimaraesning holati haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau yarim himoyachi Bruno Gimaraesning tiklanish jarayoni haqida yana bir bor to‘xtalib o‘tdi.

"Bruno sog‘ayishga yaqin turibdi. Chorshanba kuni, biz safarda bo‘lgan paytimizda, u mashg‘ulot o‘tkazdi. O‘zini ancha yaxshi his qildi. Shunday ekan, bugun u bilan ko‘rishaman va umid qilamizki, u tayyor holatda bo‘ladi", — deya Xauning so‘zlarini keltirmoqda "qarg‘alar" matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli yarim himoyachi yanvar oyida jarohat olgan va bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Uning hisobida joriy mavsumda 33 ta o‘yin, sakkizta gol va oltita golli uzatma mavjud.

Shanba kuni, 7 fevral kuni "Nyukasl" o‘z maydonida "Brentford"ni qabul qiladi. APLning 25-turidan o‘rin olgan ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:24, 06.02.2026.
O'qildi: 614 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик