Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alvaro Arbeloa «Real»dagi ilk oyi haqida: «Biz hali eng yuqori sport formamizga yaqin ham kelganimiz yo‘q»

Alvaro Arbeloa «Real»dagi ilk oyi haqida: «Biz hali eng yuqori sport formamizga yaqin ham kelganimiz yo‘q»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa klubdagi faoliyatining birinchi oyi haqida fikr bildirdi.

Madrid klubi La Ligada 22 o‘yindan so‘ng 54 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. «Barselona» esa peshqadamlik qilmoqda (23 o‘yinda 58 ochko).

«Men bor e’tiborimni ishga qaratganman. G‘alaba qozonish uchun buyuk jamoalar ko‘p narsani a’lo darajada bajarishi kerak. Biz bir vaqtning o‘zida ko‘plab vazifalarni bajarishni, harakatlarni avtomatik tarzda amalga oshirishni va bir xil fikrlashni o‘rganishimiz lozim.

Bunga ko‘p soatlik mashaqqatli mehnat va fidoyilik evaziga erishiladi. Kayfiyat avvalgidek yaxshi bo‘lib qolmoqda.

Oldinda bizni «Valensiya»ga qarshi qiyin o‘yin kutib turibdi va shu hafta davomida biz o‘yinning barcha jabhalarini yanada takomillashtirishga e’tibor qaratdik.

Biz hali o‘z cho‘qqimizdan ancha yiroqmiz», — dedi yanvar oyida Xabi Alonsoning o‘rnini egallagan Arbeloa.

Kiritildi: 13:14, 08.02.2026.
O'qildi: 761 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик