Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti Braziliya terma jamoasining JCH-2026ga borishi aniq bo‘lgan 11 nafar futbolchisini aytdi

Anchelotti Braziliya terma jamoasining JCH-2026ga borishi aniq bo‘lgan 11 nafar futbolchisini aytdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti 11 nafar futbolchi bo‘lajak 2026 yilgi jahon chempionati qaydnomasidan joy olishni kafolatlaganini ma’lum qildi.

ESPN xabariga ko‘ra, ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan: Alisson Beker, Markinyos, Gabriel, Kazemiro, Bruno Gimaraes, Vinisius Junior, Estevao, Rafinya, Rodrigo, Gabriel Martinelli va Mateus Kunya.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Mundial o‘yinlariga AQSH, Kanada va Meksika terma jamoalari mezbonlik qiladi.

Turnirning amaldagi g‘olibi finalda Fransiyani mag‘lub etgan Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Kiritildi: 14:03, 08.02.2026.
O'qildi: 3277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик