Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 1-0 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Real"da Mastantuonoga ishonishadi

"Real"da Mastantuonoga ishonishadi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» klubi hujumkor yarim himoyachi Franko Mastantuononing istiqboliga qattiq ishonmoqda. 18 yoshli argentinalik iqtidor o‘tgan yilning noyabr oyida chov sohasidan jarohat olib, 4 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Shundan so‘ng, u o‘sha paytdagi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida kamroq maydonga tusha boshlagan edi. Biroq, Alonsoning o‘rnini egallagan Alvaro Arbeloa Frankoni yana asosiy tarkibga qaytardi.

«As» nashrining xabar berishicha, klub Mastantuononing yoshiga nisbatan ancha vazmin va mulohazali ekanini yuqori baholaydi. «River Pleyt»dan 60 million yevrodan ko‘proq mablag‘ evaziga sotib olingan futbolchi, xuddi o‘tgan yozda kelgan boshqa yosh o‘yinchilar kabi, uzoq muddatli loyihaning bir qismi hisoblanadi.

Arbeloa va «Madrid» rahbariyati futbolchiga to‘liq dalda bermoqda, bu esa uning ruhiyatini ko‘tarmoqda. Mastantuononing asosiy maqsadi — JCH-2026da Argentina terma jamoasi safida ishtirok etish. Ma’lumot uchun, u joriy mavsumda La Ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 20:32, 08.02.2026.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик