Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

O‘zbekiston dzyudo maktabi — dunyoning eng yaxshi maktabi sifatida e’tirof etildi!

Baho:
+ | -

IJF Awards 2025 da erishilgan tarixiy g‘alaba!

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilgan e’tibor, yoshlarimizning sog‘lom turmush tarziga rioya qilgan holda sport bilan faol tarzda shug‘ullanishlari xalqaro miqyosda ham munosib e’tirof etilmoqda.

Parij shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli IJF Judo Awards marosimida O‘zbekiston Dzyudo federasiyasi loyihasi «Judo for Children Project of the Year» — «Yilning eng yaxshi bolalar loyihasi» nominasiyasida rasman g‘olib deb topildi!

Bu shunchaki mukofot emas — bu kelajak chempionlarini tarbiyalash yo‘lidagi ulkan mehnat va tizimli yondashuvning e’tirofidir.

Mukofotni sahnada olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova qabul qilib oldi. Tantanali marosimda O‘zbekiston Dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov boshchiligidagi rasmiy delegasiya ham ishtirok etdi.

Diyora Keldiyorovning Parijdagi tarixiy g‘alabasi bugun davlat miqyosidagi sport tizimi uchun mustahkam poydevorga aylandi.

Respublikamiz bo‘ylab o‘nlab yangi dzyudo zallari ochildi, jumladan Toshkent shahridagi 17-maktabda Diyora nomidagi dzyudo «DoJo»si ham faoliyat boshladi. Shaxsiy yutuq — milliy rivojlanish dasturiga aylandi.

IJF tomonidan e’tirof etilgan «Maktablarda dzyudo» dasturi nafaqat poytaxtda, balki respublikaning barcha hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston sportni ta’lim tizimiga samarali integrasiya qilish bo‘yicha xalqaro hamjamiyatga namuna ko‘rsatdi.

Loyiha qizlarni dzyudoga faol jalb etish borasida ham eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi. Yaratilgan sharoitlar va Diyora Keldiyorovning shaxsiy namunasi tufayli yosh dzyudochi qizlar soni bir necha barobar oshdi. Bu esa Xalqaro dzyudo federasiyasi e’tirofining muhim omiliga aylandi.

Ushbu g‘alaba O‘zbekistonning ommaviy dzyudoni rivojlantirishdagi jahon yetakchisi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 09:04, 09.02.2026.
O'qildi: 1423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик