Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Grilish operasiya qilindi (foto)

Grilish operasiya qilindi (foto)

Baho:
+ | -

"Everton" yarim himoyachisi Jek Grilish jarrohlik amaliyotini o‘taganini ma’lum qildi.

Yanvar oyida "Manchester Siti"dan "Everton"ga ijaraga berilgan Grilishga oyoq kafti suyagining sinishi tashxisi qo‘yilgan edi. "Irislar" bosh murabbiyi Devid Moyes xavbek mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkinligini istisno etmadi.

"Mavsum bunday tarzda yakunlanishini istamagandim, lekin futbol shunaqa. Operasiya qilindi va endi bor e’tiborim sport formamni tiklashga qaratiladi. Shuni aniq bilamanki, avvalgidan ko‘ra sog‘lomroq, kuchliroq va samaraliroq bo‘lib qaytaman.

Ushbu ajoyib klubga o‘tganimdan beri ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash men uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Murabbiylar shtabi, jamoadoshlarim va ayniqsa muxlislar shunchaki ajoyib, ushbu klub sharafini himoya qilish menga juda yoqadi. Men yigitlarni qo‘llab-quvvatlab turaman va iloji boricha tezroq safga qaytish uchun hamma ishni qilaman. Barcha mehr-muhabbatingiz uchun yana bir bor rahmat, bu men uchun juda muhim", — deb yozdi Grilish o‘z Instagram sahifasida.

Kiritildi: 07:02, 10.02.2026.
O'qildi: 1471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик