Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sheshko "Vest Xem" bilan durangdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi

Sheshko "Vest Xem" bilan durangdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Benyamin Sheshko "Vest Xem"ga qarshi kechgan o‘yin (1:1) borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Aynan sloveniyalik futbolchi 96-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etib, "qizil iblislar"ni Londondagi mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

"Bizda ajoyib jamoa bor, biz hamjihatlikda ishlaymiz va doimo kurashamiz. Bugun hech bo‘lmaganda durangga erishish muhim edi, chunki raqib qarshi hujumlarda juda xavfli o‘ynadi. Yakunda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldik.

Biz hali ham o‘zimizni ajoyib his qilmoqdamiz. Qiyin lahzalarda jamoa birdamlikni saqlab qolmoqda, bu juda muhim. Shunchaki so‘nggi o‘yinlardagi ishimizni davom ettirishimiz kerak. Diqqatni jamlab, yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalanish lozim", — dedi Sheshko "TNT Sports"ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" Maykl Kerrik qo‘l ostidagi avvalgi to‘rtta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan edi. Ushbu durangdan so‘ng jamoa turnir jadvalida 4-o‘rinni saqlab qoldi.

Kiritildi: 16:12, 11.02.2026.
O'qildi: 478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик