Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

"Monako" jarimaga tortildi

"Monako" jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

«Monako» bosh murabbiy Sebastyen Pokonyolida tegishli lisenziya yo‘qligi sababli 425 000 yevro miqdorida jarimaga tortiladi. Bu haqda «L’Équipe» nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, monegasklar ustozida uning darajasini va Fransiya oliy divizioni klublarini boshqarish imkoniyatini tasdiqlovchi sertifikat mavjud emas. Shu sababli «Monako» jamoani belgiyalik mutaxassis boshqarib tushgan har bir Liga 1 yoki Fransiya Kubogi o‘yini uchun 25 000 yevrodan to‘lashga majbur. Hozirgi vaqtda bu summa 425 000 yevroga yetdi, biroq mavsum yakunigacha u 750 000 yevrogacha ko‘tarilishi mumkin.

Pokonyoli Fransiya klubini 2025 yilning kuzida qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida «Monako» 23 ta o‘yin o‘tkazib, ularning sakkiztasida g‘alaba qozondi. Ayni damda jamoa 21 turdan so‘ng 28 ochko jamg‘argan holda Liga 1 jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 01:59, 13.02.2026.
O'qildi: 765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик