Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Nottingem Forest» yulduzi Rodrining o‘rinbosari bo‘ladi

«Nottingem Forest» yulduzi Rodrining o‘rinbosari bo‘ladi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubi «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Andersonga bo‘lgan qiziqishini jiddiylashtirishga tayyor.

talkSPORT nashrining xabariga ko‘ra, agar futbolchiga «shaharliklar» va «qizil iblislar» («Manchester Yunayted») o‘rtasida tanlov qilish imkoniyati berilsa, u aynan «Siti»ga o‘tishni afzal ko‘rishi klubga ma’lum.

Ta’kidlanishicha, «Manchester Siti» Andersonni jamoa yetakchisi Rodriga uzoq muddatli o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Ushbu transfer bo‘yicha amaliy harakatlar ispaniyalik yarim himoyachining jamoadan ketish-ketmasligiga bog‘liq bo‘ladi.

Anderson hozirda 23 yoshda va uning «o‘rmonchilar» bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. «Nyukasl» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan futbolchi joriy mavsumda APL va Yevropa Ligasi doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:20, 05.03.2026.
O'qildi: 1317 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик