Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

"Bu AQSH armiyasini Ispaniya armiyasi bilan solishtirishdek gap": Tebas ligalar daromadi haqida

"Bu AQSH armiyasini Ispaniya armiyasi bilan solishtirishdek gap": Tebas ligalar daromadi haqida

Baho:
+ | -

La Liga prezidenti Xavyer Tebas chempionatni moliyaviy jihatdan boshqa top-ligalar bilan solishtirdi.

"Bundesliga bizdan o‘zib ketgani haqidagi gaplar haqiqat emas. Biz deyarli bir xil darajadamiz. Ularda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad sezilarli darajada yuqori... Ular stadionga uch soat oldin kelishadi. Ispaniya dunyoda ikkinchi raqamli ligaga ega, biroq qolganlar — Italiya, Fransiya va Angliya — pullik televideniyega ega xonadonlar soni bo‘yicha bizdan ustundir.

Biz miqdor jihatidan ikkinchimiz, lekin sifat bo‘yicha birinchimiz. Santander banki hisobotiga ko‘ra, liga aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadga nisbatan eng ko‘p foyda olmoqda. Bu xuddi Qo‘shma Shtatlar armiyasini Ispaniya armiyasi bilan solishtirishdek gap", — dedi Tebas.

Kiritildi: 17:03, 11.03.2026.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик