«Manchester Siti» Chempionlar ligasi doirasidagi «Real»ga qarshi safar o‘yinida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Xosep Gvardiola shogirdlari 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.
«Daily Mail» nashrining xabariga ko‘ra, «Santyago Bernabeu»dagi bahs yakunlanganidan so‘ng «Manchester Siti» futbolchilari ruhan tushkun holatda bo‘lishgan.
«O‘yinchilar nafaqat bir og‘iz so‘z aytishmadi, balki hatto o‘zlarini majburlab dush qabul qilishga ham kuch topa olishmadi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, «Manchester Siti» delegasiyasi «Real» stadionini odatdagidan ancha kech tark etgan.
Shunga qaramay, «Manchester Siti»da vaziyatni o‘nglash uchun hali imkoniyat bor — jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi Angliyada, 17 mart (seshanba) kuni bo‘lib o‘tadi. «Etixad» stadionidagi bahs Toshkent vaqti bilan chorshanbaga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.













