Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Kimmix: «Musiala istalgan lahzada o‘yin taqdirini o‘zgartira oladi»

Kimmix: «Musiala istalgan lahzada o‘yin taqdirini o‘zgartira oladi»

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix Myunxen klubi va Germaniya terma jamoasidagi sherigi Jamal Musiala haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Jamal — «Bavariya» va Germaniya terma jamoasi uchun juda muhim futbolchi. Barchamiz uning tezroq to‘liq tiklanishiga umid qilamiz. O‘tgan yozda u juda jiddiy jarohat olgan edi. Bunday holatdan so‘ng darhol avvalgi darajaga qaytish oson emas. Menimcha, u maydonga tushgan, ayniqsa, asosiy tarkibda boshlagan o‘yinlarida o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi. U o‘zining alohida iqtidor sohibi ekanligini isbotladi. Hozirda «Bavariya» yaxshi darajada o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, Jamal maydonda bo‘lganida istalgan lahzada o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuborishi mumkinligini bilamiz. U biz uchun nihoyatda muhim, chunki futbol olamida kam uchraydigan fazilatlarga ega», — dedi Kimmix matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning iyul oyida Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasidagi «PSJ»ga qarshi bahsda Musiala kichik boldir suyagi sinishi va paylar shikastlanishi bilan bog‘liq jarohat olgan edi. Jamal operasiyani boshdan o‘tkazdi va maydonga faqat shu yilning boshida qaytdi.

Kiritildi: 22:15, 24.03.2026.
O'qildi: 132 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик