«Atletiko» hujumchisi Juliano Simeone hech qachon «Real»ga o‘tmasligini ma’lum qildi.
«River Pleyt» tarbiyalanuvchisi bergan intervyusida hatto klub prezidenti Xuan Roman Rikelme qo‘ng‘iroq qilgan taqdirda ham, «Boka Xuniors»dan bo‘ladigan taklifni qabul qilmasligini tan oldi.
«Bu xuddi «Real»ga o‘tishim bilan bir xil gap... Men hech qachon «Real»da o‘ynamagan bo‘lardim. Agar Florentino Peres qo‘ng‘iroq qilsa ham, «yo‘q» deb javob beraman, qasam ichaman. Buning iloji yo‘q. Hech qanday foizda bunday bo‘lishi mumkin emas», — dedi Simeone.
Juliano — «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeonening o‘g‘li. Futbolchi 2022 yilning aprel oyidan beri «matraschilar»ning asosiy jamoasida to‘p surib kelmoqda.













