Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Sheffild Yunayted» futbolchisi «Manchester Siti»ning g‘alabasidan so‘ng medal oldi

«Sheffild Yunayted» futbolchisi «Manchester Siti»ning g‘alabasidan so‘ng medal oldi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» Angliya liga kubogi finalida Londonning «Arsenal» jamoasini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, klubga 30 ta medal topshirildi va jamoa ularni futbolchilar hamda xodimlar o‘rtasida taqsimlab chiqdi.

Medallardan biri Kelvin Fillipsga ham nasib etdi. Ushbu futbolchi 2022 yilda 49 million funt evaziga sotib olingan edi, biroq amalda Xosep Gvardiola jamoasiga moslashib keta olmadi va klub safida jami bo‘lib bor-yo‘g‘i 32 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Karabao kubogining joriy mavsumida u maydonda atigi yetti daqiqa harakat qildi, xolos. Bu ham turnirning dastlabki bosqichida sodir bo‘lgan edi, chunki hozirda u ijara asosida ikkinchi divizion — Chempionshipda ishtirok etayotgan «Sheffild Yunayted» sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 12:40, 25.03.2026.
O'qildi: 360 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик