Shvesiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter JCH–2026 saralashining pley-off bosqichi yarim finalida Ukraina ustidan qozonilgan g‘alabani (3:1) sharhladi.
«Bu jamoa uchun oldinga tashlangan ulkan qadam bo‘ldi. Yuqori darajadagi raqibga qarshi ko‘rsatilgan jamoaviy ruh shunchaki aql bovar qilmas darajada edi. Biz bir tan-u bir jon bo‘lib kurashdik — bu ajoyib edi. Viktor Dyokeresh maydonda haqiqiy mahorat ko‘rsatdi. Biz ushbu ajoyib muhitga va raqibga moslasha oldik. Himoya va hujum o‘rtasidagi muvozanatni juda yaxshi topa bildik.
Endi seshanba kungi bahsni va undagi fantastik muhitni intizorlik bilan kutamiz. Polsha juda qiyin raqib bo‘ladi, biz ularning naqadar xavfli jamoa ekanligini bilamiz. Diqqatimizni o‘z o‘yinimizga qaratishimiz kerak, bunday bahsga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rish oson bo‘lmaydi», — deya Potterning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
JCH-2026 yo‘llanmasi uchun shvedlar seshanba kuni, 31 martda Polsha terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.













