Ispaniyaning «Real Madrid» klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni faoliyatini «tumanli Albion»da davom ettirishi mumkin. 26 yoshli tayanch yarim himoyachisining xizmatlariga Angliya Premyer-ligasining ikkita top-klubi qiziqish bildirmoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul» va «Manchester Yunayted» Tchuamenini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Har ikkala klub futbolchiga yiliga 12 million yevro miqdorida ish haqi taklif qilishga tayyor.
O‘z navbatida, «Real» o‘z asosiy futbolchisi bilan xayrlashish niyatida emas. Orelyenning o‘zi ham Madridni tark etishga ishtiyoq bildirmayapti.
Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi «qaymoqranglilar» safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.













