Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Enso Fernandesning sevgilisi uning "Chelsi"dan ketishi mumkinligiga sha’ma qildi

Enso Fernandesning sevgilisi uning "Chelsi"dan ketishi mumkinligiga sha’ma qildi

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesning kelajagi uning sevgilisi Valentina Servantesning so‘zlaridan so‘ng yana diqqat markaziga tushdi, deb xabar bermoqda TopSkills.

Jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Servantes bir nechta ochiq javoblar berdi va bu argentinalik futbolchining London klubini tark etishi mumkinligi haqidagi muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Fernandesning «Chelsi»da qolish-qolmasligi haqidagi savolga u shunday javob berdi: — «Bilmadim, umid qilamanki, yo‘q. Menga u yer yoqmaydi».

Shuningdek, Valentina yarim himoyachining qachondir Argentinaning «River Pleyt» klubiga qaytish istagi borligini tasdiqladi. — «Ha, Enso buni xohlaydi. Qaysidir paytda biz albatta qaytamiz», — dedi u.

Bundan tashqari, undan Madridga ko‘chib o‘tish ehtimoli haqida ham so‘rashdi: — «Bilmadim... Qayerga aytishsa, o‘sha yerga bolalar bilan birga boraman», — deb ta’kidladi Servantes.

Ushbu so‘zlar fonida Ispaniya va Angliya OAVlarida Fernandesning transferi borasidagi gap-so‘zlar yana avj oldi. Avvalroq 25 yoshli argentinalikka bir nechta top-klublar qiziqish bildirayotgani, Madridning «Real» klubi esa uni markaziy chiziqni kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rayotgani xabar qilingan edi.

Manbalarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» turli xil kelishuv variantlarini, jumladan, futbolchi almashtirish va qo‘shimcha haq to‘lash sxemasini o‘rganmoqdalar. «Chelsi»ning beqaror natijalari va yevrokuboklardagi ishtiroki bunday mish-mishlarning ko‘payishiga qo‘shimcha omil bo‘lmoqda.

Enso Fernandes 2023 yilning yanvaridan beri London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha turnirlarda 160 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol va 29 ta golli uzatmani amalga oshirgan. APLning joriy mavsumida esa uning hisobida 8 ta gol va 3 ta assist bor.

Kiritildi: 19:01, 28.03.2026.
O'qildi: 1302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик