Kirish Ro'yxatdan o'tish

Devid Bekxem Trentning terma jamoadan chetda qolganiga munosabat bildirdi

Devid Bekxem Trentning terma jamoadan chetda qolganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Real» va «MYU» sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem Trent Aleksandr-Arnoldning mart oyidagi o‘yinlar uchun Angliya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilmagani haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Mana nima uchun men Angliya terma jamoasi murabbiyi emasman — men bunday qarorlarni qabul qilishim shart emas! Lekin men Trentning ashaddiy muxlisiman, futbolchi sifatida u menga juda yoqadi.

Yillar davomida u «Liverpul»da o‘ynaganida ham, hozir «Real»da va Angliya terma jamoasida ham: "U himoyada hujumdagidek yaxshi emas", degan gaplarni ko‘p eshitganman. Lekin ba’zida buni shunchaki qabul qilish kerak...

Roberto Karlos ajoyib himoyachi edi, shu bilan birga u hujumda ham hayratlanarli o‘yin ko‘rsatardi. U doimo oldinga o‘tardi va biz uni sug‘urta qilishimizga to‘g‘ri kelardi — bunday narsalar tabiiy hol.

Trentga kelsak, uni JCH-2026ga olib ketarmidim? Bunday futbolchini tarkibga kiritmaslik men uchun juda qiyin bo‘lardi. Lekin Tomas (Tuxel) hozirda undan ustunroq bo‘lgan boshqa futbolchilar borligini aytdi. Biroq u "hozir" dedi, demak, hamma narsa o‘zgarishi mumkin», — dedi Bekxem.

Kiritildi: 23:30, 28.03.2026.
O'qildi: 330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик