Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Ambrozini: «Rabyo va Menyan jamoa uchun juda muhim»

Ambrozini: «Rabyo va Menyan jamoa uchun juda muhim»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Massimo Ambrozini joriy mavsumda «Milan»ning fransuz futbolchilari — Adriyen Rabyo va Mayk Menyanning o‘yinlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Menimcha, Rabyo va Menyan «Milan» uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lishdi. Menyan mavsum boshidan beri jamoaga 8 yoki 9 ochko keltirdi — uning seyvlari shunchaki aql bovar qilmas darajada edi», — deya Ambrozinining so‘zlarini keltirmoqda GFFN.

«Rabyo jamoa mentalitetini butunlay o‘zgartirib yubordi. Biz Italiyada «Milan» to‘plagan o‘rtacha ochkolar haqida gapiramiz. Rabyo maydonda bo‘lganida, jamoa har o‘yinda o‘rtacha 2,45 ochko jamg‘armoqda, u bo‘lmaganida esa bu ko‘rsatkich 1,5 dan kamni tashkil qiladi. Hayratlanarli», — deya ta’kidladi Ambrozini.

30 yoshli Rabyo joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning tengdoshi Menyan esa 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 marotaba o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 23:31, 28.03.2026.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик