«Napoli» va Belgiya terma jamoasining yulduz yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne xalqaro faoliyati borasidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men ishlayapman va optimal holatga kirib boryapman. O‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. Terma jamoadagi faoliyatimga kelsak, Jahon chempionatidan keyin ketish niyatim yo‘q. O‘zimni yaxshi his qilar ekanman, o‘ynashda davom etaman», — deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Tribalfootball.
Italiya chempionatining joriy mavsumida 34 yoshli xavbek 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol yozdirib qo‘ydi.
Jahon chempionati — 2026 shu yilning yozida AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Amaldagi chempionlik unvoni sohibi Argentina hisoblanadi.













