Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike Gonsalu Ramushga nisbatan adolatsizlik qilayotganini tan oldi

Luis Enrike Gonsalu Ramushga nisbatan adolatsizlik qilayotganini tan oldi

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Gonsalu Ramushning ko‘rsatayotgan o‘yini haqida o‘z fikrini bildirdi.

Kecha, 3 aprel kuni parijliklarning markaziy hujumchisi «Tuluza»ga qarshi bahsda (3:1) gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Enrike portugaliyalik futbolchiga ko‘proq o‘yin amaliyoti berish kerakligini tan oldi.

«Bugun Ramush 5 daqiqa o‘ynadi va gol urdi. U doimo [tarkibdan joy olish uchun] kurashadi va bu hayratlanarli. Mening unga nisbatan qilayotgan ishim adolatsizlikdir va u o‘z o‘yini bilan mening xato qilayotganimni isbotlamoqda», — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ramush 2024 yildan beri «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 24 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:18, 04.04.2026.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик