Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Kaskarino: «Ikkita turnirdan chiqib ketgan «Arsenal» shok holatida bo‘ladi»

Kaskarino: «Ikkita turnirdan chiqib ketgan «Arsenal» shok holatida bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Chelsi» sobiq hujumchisi Toni Kaskarinoning hisoblashicha, kubok musobaqalaridagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng «Arsenal» shok holatiga tushib qolgan.

«So‘nggi haftalarda sodir bo‘lgan voqealardan keyin ular shok holatida bo‘lishadi. Men «Emireyts»da «Everton»ga qarshi o‘yinda edim, o‘shanda ular oxirgi daqiqalarda 2:0 hisobida g‘alabani ilib ketishgandi. Bu ajoyib bahs bo‘lgandi, «Everton» 85 daqiqa davomida juda yaxshi o‘ynadi, lekin «Arsenal» ularni baribir yengdi. Ammo hozirgi vaziyat ancha xavotirli ko‘rinmoqda. Arteta to‘g‘ri gaplarni gapiradi, lekin «Arsenal» muxlislari jamoaning holatidan, ayniqsa jarohatlar soni ortib borayotganidan juda va juda xavotirda», — deya Kaskarinoning so‘zlarini keltirmoqda talkSPORT.

O‘tgan shanba kuni «Arsenal» Angliya Kubogi chorak finalida safarda «Sautgempton»ga imkoniyatni boy berdi. Bundan biroz avvalroq esa xalqaro tanaffus oldidan Liga Kubogi finalida «Manchester Siti»ga mag‘lub bo‘lgan edi.

Bugun, 7 aprel, seshanba kuni «Arsenal» YECHL chorak finalining dastlabki o‘yinida Lissabonda «Sporting» mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 14:46, 07.04.2026.
O'qildi: 616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик