Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Atletiko" yetakchilaridan biri "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan shov-shuvli bayonot berdi

"Atletiko" yetakchilaridan biri "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan shov-shuvli bayonot berdi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi universal yarim himoyachisi Markos Lyorente Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan shov-shuvli bayonot berdi.

"Raqibimiz kimligining ahamiyati yo‘q. Biz "Barselona" aql bovar qilmas klub ekanligini bilamiz, ammo ularga qarshi o‘yinda bor kuchingizni ishga solmasangiz, ular sizni shunchaki yo‘q qilib tashlashadi. Joriy mavsumda biz ular bilan Ispaniya Kubogida to‘qnash keldik va bu juda qiyin bo‘lgan edi.

O‘ylaymanki, biz Chempionlar ligasida ajoyib mavsumni o‘tkazyapmiz. Jamoamiz barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda, shu sababli keyingi bosqichga chiqishga intilamiz. Chempionlar ligasida g‘olib chiqish men uchun muhim maqsad hisoblanadi", — deya qo‘shimcha qildi Lyorente.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Atletiko" o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv chorshanba kuni, 8 aprel kuni "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini esa seshanba, 14 aprel kuniga belgilangan.

Kiritildi: 16:52, 07.04.2026.
O'qildi: 5405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик