"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Madridning "Real Madrid" jamoasi hujumchisi Vinisius Junior haqida o‘z munosabatini bildirdi.
«Ba’zida futbol olamiga boshqalardan ajralib turadigan shunday o‘yinchilar kerak bo‘ladi. Bizda ham shundaylar bor va ularning muvaffaqiyatidan quvonamiz. Masalan, “Bavariya”da bunday futbolchi Frank Riberi edi. Shuning uchun men Vinisiusga katta hurmat bilan qarayman. Albatta, u bizga qarshi juda yaxshi o‘ynashini istamayman, ammo insoniy munosabatlar natijadan muhimroq. Menimcha, Vini o‘zligicha qolishi kerak», — dedi Kompani.
Joriy mavsumda Vinisius Chempionlar ligasida 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
"Bavariya" va "Real Madrid" o‘rtasidagi javob o‘yini 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Arena Myunxen stadionida o‘tkaziladi.













