Madridning «Atletiko» jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Ademola Lukman UYEFA Chempionlar ligasi chorak finalining ilk bahsida Kataloniyaning «Barselona» klubi ustidan qozonilgan safardagi g‘alabadan (2:0) so‘ng o‘z munosabatini bildirdi.
«Ajoyib natija va yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ushbu stadionda gol o‘tkazib yubormaslik — juda yaxshi. Biz katta hajmdagi ishni amalga oshirganimizni ko‘rsatdik. Alvaresning golini alohida ta’kidlamoqchiman. Bu ajoyib zarba bo‘ldi.
Madridda bizni jiddiy sinov kutmoqda. Javob o‘yiniga sovuqqonlik bilan yondashishimiz lozim», — deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.













