Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» APLdan tushib ketishi mumkin bo‘lgan jamoalar yulduzlariga xaridor

«Chelsi» APLdan tushib ketishi mumkin bo‘lgan jamoalar yulduzlariga xaridor

Baho:
+ | -2

«Chelsi» klubi «Tottenxem» va «Vest Xem» jamoalarining Angliya Premyer-ligasida jon saqlab qolish uchun olib borayotgan kurashini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Agar ushbu jamoalar mavsum yakuniga ko‘ra Chempionshipga tushib ketsa, «shporlar» va «bolg‘achilar»ning ko‘plab yetakchilari klubni tark etishga harakat qilishlari mumkin.

Jurnalist Saymon Fillipsning xabar berishicha, «Chelsi» bu vaziyatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga tayyor: «ko‘klar» «Tottenxem»dan Mohammed Kudus va Lukas Bergvallga, shuningdek, «Vest Xem»dan Jarrod Bouenga da’vogarlik qilmoqda. Agar klublar quyi divizionga tushib ketsa, ushbu futbolchilarning barchasi pasaytirilgan narxlarda sotib olinishi mumkin.

Ayni damda «Tottenxem» 30 ochko bilan xavfli hududda — 18-o‘rinda bormoqda. «Vest Xem» esa 32 ochko bilan 17-pog‘onani egallab turibdi. Mavsum yakuniga qadar oltita tur qoldi.

Kiritildi: 12:28, 18.04.2026.
O'qildi: 1332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик