Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «Xolandning o‘rnida bo‘lib, Gabriel va Salibaga qarshi o‘ynashdan ko‘ra, kitob o‘qishni afzal ko‘rardim»

Gvardiola: «Xolandning o‘rnida bo‘lib, Gabriel va Salibaga qarshi o‘ynashdan ko‘ra, kitob o‘qishni afzal ko‘rardim»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Premyer-liga doirasida «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng hujumchi Erling Xoland haqida fikr bildirdi. Aynan norvegiyalik futbolchi 65-daqiqada gol urib, butun mavsumning eng muhim o‘yinida «shaharliklar»ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

«Men Xolandning o‘rnida bo‘lishni va Gabriel hamda Salibaga qarshi kurashishni istamagan bo‘lardim. Aslo. Bundan ko‘ra kitob o‘qishni afzal ko‘rardim. Bu yigitlar bilan kurashish... Lekin u buni uddaladi», — dedi Gvardiola o‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda.

Kiritildi: 12:34, 20.04.2026.
O'qildi: 538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик