Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Mark Bernal «Selta»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin

Mark Bernal «Selta»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi yarimhimoyachisi Mark Bernal jamoaning umumiy mashg‘ulotlarini yana bir bor o‘tkazib yubordi. Bu haqda Ispaniyaning Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi ayni paytda to‘pig‘idan olgan jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda va hozircha faqatgina sport zalidagi mashg‘ulotlar bilan cheklanmoqda. Shu sababli uning Ispaniya chempionati doirasida chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Selta»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Xansi Flik va klub tibbiy shtabi futbolchining salomatligi borasida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmoqda. Jarohat qaytalanishining oldini olish maqsadida Bernalni maydonga tushirishga shoshilinmayapti. Eslatib o‘tamiz, yosh iqtidor sohibi jarohati sababli jamoasining so‘nggi uchta o‘yinini ham o‘tkazib yuborgan edi.

Yevropa Chempionlar ligasidan chiqib ketgan «Barselona» bor e’tiborini ichki chempionatdagi chempionlik poygasiga qaratgan. Ayni damda kataloniyaliklar turnir jadvalida yaqin ta’qibchisidan 9 ochko ilgarilab ketgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 17:35, 20.04.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик